MK Leasing — 2025-yilda tijorat lizing tashkilotlari orasida moliyalashtirilgan bitimlarning umumiy miqdori bo‘yicha bozor yetakchisi
11.02.2026
5-fevral kuni O‘zbekiston lizing beruvchilar uyushmasining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. "MK Leasing" kompaniyasi mamlakatimiz tijorat tashkilotlari orasida yangi tuzilgan bitimlar hajmi bo‘yicha 1-raqamli lizing kompaniyasiga aylanganini katta faxr bilan ta’kidlashimiz mumkin. Yil yakunlari bo‘yicha jamoamiz 712,0 mlrd so‘mlik bitimlar tuzdi.Ya'ni 2024-yil 622.2mlrd so'mlik moliyalashtirilgan shartnomalarga ko'ra 100mlrd so'mga ko'pdir.Bu shunchaki hisobotlardagi quruq raqamlar emas. Bular mamlakat bo‘ylab ishga tushirilgan yuzlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari, yangilangan avtoparklar va amalga oshirilgan minglab biznes g‘oyalardir.
Bu g‘alaba bizning umumiy yutug‘imiz. Har bir mijozga ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sizning MK Leasing‘ga bo‘lgan ishonchingiz bizni yangi cho‘qqilarni zabt etishga ilhomlantiradi.
