MK Leasing Uzbekistan Fitch Ratings tomonidan birinchi xalqaro kredit reytingini oldi

18.08.2026
MK Leasing Uzbekistan Fitch Ratings tomonidan birinchi xalqaro kredit reytingini oldi

"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligi "MK Leasing Uzbekistan" kompaniyasiga ilk bor uzoq muddatli emitent defolt reytingini (Long-Term Issuer Default Rating) barqaror prognozli (Stable Outlook) "B-" darajasida belgiladi.

Xalqaro kredit reytingini olish kompaniyaning rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘lib, uning moliyaviy barqarorligini, biznes modelining samaradorligini va moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish qobiliyatini tasdiqlaydi.

Fitch Ratings reytingining mavjudligi kompaniyaga mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyalashtirishni jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi, investorlar, moliyaviy institutlar va biznes hamkorlar tomonidan ishonch darajasini oshiradi, shuningdek, kompaniyaning bozordagi mavqeini yanada mustahkamlashga yordam beradi.