"MK Leasing Uzbekistan"ga "Barqaror" prognozi bilan "uzA+" kredit reytingi berildi

03.10.2025
"MK Leasing Uzbekistan"ga "Barqaror" prognozi bilan "uzA+" kredit reytingi berildi

"Ahbor-Reyting" MCHJ reyting agentligi 2025-yil sentyabr oyida MK Leasing Uzbekistan lizing kompaniyasiga milliy shkala bo‘yicha "uzA+" darajasida "Barqaror" prognozi bilan kredit reytingini berdi.

Kreditga layoqatlilik darajasi "Yuqori" deb belgilandi.

"MK Leasing Uzbekistan" lizing portfelining barqaror o‘sishi, xatarlarni samarali boshqarish va barqaror moliyaviy pozitsiyasi tufayli shunday yuqori bahoga sazovor bo‘ldi.

"UzA+" reytingining berilishi kompaniyaning O‘zbekiston lizing xizmatlari bozorida jismoniy va yuridik shaxslarga keng turdagi texnikalarni sotib olish uchun moliyalashtirishni taklif qiluvchi ishonchli o‘yinchi sifatidagi imijini mustahkamlaydi.