Tajriba, bilim, innovatsiya: Mikro Leasing rahbariyati Yerevanga tashrif buyurdi

20.05.2024
Tajriba, bilim, innovatsiya: Mikro Leasing rahbariyati Yerevanga tashrif buyurdi

17-20-aprel kunlari Yerevanda (Armaniston) “Mikro Kapital Group” xalqaro xoldingi vakillarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda kompaniyamiz delegatsiyasi ishtirok etdi. Unga: Bosh direktor Ravshan Soliyev, tijorat direktori Aleksandr Xvan, risklar bo‘yicha direktor Akobir Amirov, moliya direktori Denis Fayzelgayanov, xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Dilshod Hidoyatov kirdi.

Ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular bir yil davomida to‘plangan qimmatli bilim, tajriba va g‘oyalarni baham ko‘rish uchun ushbu oflayn uchrashuvni anchadan beri kutishgan. Yillik global yig‘ilish muhim voqea bo‘lib, turli mamlakatlar vakillarining shaxsan uchrashish imkoniga ega bo‘ldi va bu kompaniyalar guruhi doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Uchrashuv hamkasblarining o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan ijobiy tajribasini o‘z jamoasida qo‘llash maqsadida xodimlarni birlashtirishda muhim qadam qo‘yish imkonini berdi.